Urganch tumani Axborot-kutubxona markazida tumandagi 1-sonli maktabi o’quvchilari ishtirokida O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 69 yilligiga bag’shlangan katta tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda o’quvchilar tomonidan shoir ijodidan she’r kuy qo’shiqlar, chiroyli raqslaru qiziqarli sahna ko’rinishlari ijro etildi.
Axborot-kutubxona markazi rahbari Mehribon Yusupova so’zga chiqib dunyoda muhtasham iz qoldirib o’zidan o’lmas ijodiy meros qoldirganligi, bu ijod nainki bir insonning, balki butun bir millatning faxru g’ururi bo’la oladigan ijod ekanligi, zamonaviy badiiy tafakkurimiz rivojida o’chmas iz qoldirgan, hamisha barhayot siymo sifatida tan olingan nomi doimo yuksak ehtirom bilan tilga olinishi haqida to’xtalib o’tdilar.
Tadbir so’nggida mehmonlaridan Urganch tumani hokimi o’rinbosari Oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’i I.Raximova o’zining qalamiga man’sub she’rlaridan o’quvchilarga aytib o’tdi.
Markaz tomonidan ishtirokchilar munosib taqdirlandilar.