Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi direktori M.Atabayevna bayram bilan barcha xodimlarni muborakbod etgan holda, yangi yilda reja asosida bajariladigan ishlar, topshiriqlar taqsimlanib olindi. Shuningdek «Kitobxonlar klubi» faoliyati, guruh a’zolari, ijodkor yoshlar bilan ishlash yuzasidan, hamda ijtimoiy tarmoqlarni yangilik va ma’lumotlar bilan boyitib borish haqida topshiriqlar berildi. Shu bilan birga kitobxonlarga qulayliklar yaratish haqida xodimlarni taklif va mulohazalar tinglandi. 2025-yilda amalga oshiriladigan ishlar, galdagi rejalar, vazifalar kelishib olindi va masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.