Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari ishtirokida O’zbekiston xalq yozuvchisi, xalqning mutafakkir siymolaridan biri Muso Toshmuhammad o’g’li Oybek tavalludining 120 yilligi munosabati bilan «Xalqimizning sevimli adibi» nomli adabiy kecha tashkil qilindi. Kecha avvalida adibning bolaligi ibratli hayoti haqida  suhbat qilinib, qiziqarli savol-javoblar bo’lib o’tdi. Shuningdek Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati xodimi Z.O’dayeva tomonidan adibning «Qutlug’ qon» romani  mazmuni, Oybek ijodining yorqin qirralarini ham, adib bosib o’tgan maktabning mashaqqatli va chalkash so’qmoqlarini ham birgana «Qutlug‘ qon» romani misolida ko’rish mumkin. Asarning deyarli har sahifasida kambag‘al fuqarolar boylarning zolimligi, bu dunyoning adolatsizligi yorqin namoyon etiganligi haqida so’z bordi.