Urganch tuman Axborot-kutubxona markazida 9- may «Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan «Fidoiylik ulugʻ fazilat» mavzusida tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda 38-sonli maktabning 2 va 5 sinf o’quvchilari oʻzlari yod olgan she’rlari va raqslari bilan faol ishtirok etdilar.
Tadbirda Urganch tumani Nuroniylar jamgʻarmasi a’zolari, maktabning ustoz-murabbiylari va faxriy kitobxonlari mehmon boʻlishdi. O’quvchilar urushda halok bo’lgan fidoiy oʻgʻlonlar va ota-bobolarimiz yodga olinib xotirlandi . Kechamiz yakunida Urganch tuman Nuroniylar jamgʻarmasi a’zolari tadbir haqida oʻz fikrlarini bildirdilar va uruahda qatnashgan ota-bobolari, urush davrlari haqida so’zlab berishdi. Tadbir yakunida tadbirda faol qatnashgan va ushbu tadbirni tashkillashtirishda yaqindan yordam bergan ustoz-murabbiylar faxriy yorliq va estalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.