«O’z huquqlaringizni bilasizmi»

Urganch tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan, «O’z huquqlaringizni bilasizmi» mavzusida xodimlar o’rtasida suhbat o’tkazish, qisqacha ma’laumotlarga ega bo’lishlari uchun «Agro banki» ga tashrif buyurildi. Tashrif davomida tashkilot xodimlarga O’zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasi va Istemolchi huquqlari to’g’risidagi kitoblardan tavsiyalar berildi. Shuningdek tumandagi tashkilot xodimlariga muddatli topshirilgan kitoblarni qaytarib olinib, yangidan adabiyotlarni taqdim etildi. Uchrashuvda mamlakatimizda inson huquqlarini kafolatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, qonunchilik tizimidagi so’nggi o’zgarishlar, «Inson huquqlari» deklaratsiyasi mazmun-mohiyati haqida xodimlarga ma’lumotlar berildi.