Urganch tumani axborot-kutubxona markazida «INFOLIB O‘ZBEKISTON-2025» XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligining
2-kunida kitobxonlar bilan «O’quvchilar tanlovida eng yaxshi kitob» so’rovnomasi o’tkazildi.
O’quvchilar faqatgina o‘zlariga yoqqan asarlarni tanlash bilan cheklanmay, balki nega aynan o‘sha kitobni yoqtirishlarini ham izohlarda bayon etdilar. Bu esa yoshlarning kitob haqidagi fikrlari, tushunchalari va o‘qishga bo‘lgan munosabatini yanada chuqurroq o‘rganish imkonini berdi.
Tadbirning asosiy maqsadi — o‘quvchilar orasida kitob o‘qish madaniyatini yanada rivojlantirish, ularning sevimli asarlari va mualliflarini aniqlash, shuningdek, yoshlarimizni badiiy adabiyotga bo‘lgan mehrini oshirish edi.

