«Jamoat xavfsizligi va inson huquqlari»

Urganch tumani axborot-kutubxona markazida zamonaviy raqamli tahdidlarga qarshi kurashish xodimlarimizning axborot madaniyatini yanada oshirish maqsadida kiberxavfsizlik mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbati o’tkazildi. Suhbatda tuman «Arboblar», «Yoshlik» mfy Xotin-qizlar faollari mas’ullar va xodimlar faol ishtirok etdi. Unda quyidagi masalalar atroflicha muhokama qilindi.
✅ Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish qoidalari
✅ Internetda uchraydigan asosiy kiber tahdidlar
✅ Xizmat kompyuter va mobil qurilmalar xavfsizligi
✅ Tashkilot axborot tizimining umumiy xavfsizligi.
Tadbir yakunida xodimlarga amaliy ko’rsatmalar berildi, ba’zi real misollar asosida kiberhujumlar qanday sodir bo’lishi va ulardan qanday himoyalanish mumkinligi tushuntirib o’tildi.

📲Kiberxavfsizlik – bugungi kunning eng muhim masalalaridan biri. Shuning uchun tashkilot bunday ma’rifiy suhbatlar muntazam davom ettirilib, xodimlarning raqamli savodxonligini oshirishga alohida ahamiyat qaratib borilmoqda.