Urganch tumani axborot-kutubxona markazida mutasaddi tashkilot xodimlari, kitobga oshna yoshlar o’rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, badiiy asarlarning yaratilish jarayoniga bo’lgan qiziqishni oshirish maqsadida «Bir asar tarixi» loyihasi doirasida navbatdagi davra suhbati bo’lib o’tdi. Unda, tumani Favqulodda vaziyatlar bo’limi, talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Suhbat davomida mutaxassis tomonidan yangi adabiyotlardan tanlangan badiiy asarning yaratilish tarixi, muallif hayoti, asar g‘oyasi, unda ko‘tarilgan dolzarb masalalar va qahramonlarning taqdiri haqida batafsil malumot berildi. Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Urganch tuman bo’linmasi rahbari G.Jabborova kitob taqdimotlari yoshlarni badiiy adabiyotga yanada yaqinlashtirish, asarlarni nafaqat o‘qish, balki ularning yaratilish jarayonini chuqurroq anglashga undashini aytib o’tdi. Ayniqsa, uchrashuvda qatnashchilar tomonidan asarning badiiy qiymati, tarbiyaviy ahamiyati hamda bugungi kun yoshlariga bergan saboqlari keng yoritildi.

