Urganch tumani axborot-kutubxona markazida «Kitobxonlar klubi» a’zolari ishtirokida «9-dekabr- Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni» munosabati bilan “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida rasmlar chizish tanlovi tashkil etildi.
Tanlovda xodimlar tomonidan korrupsiya- taraqqiyot kushandasi ekanligi, uning har qanday ko’rinishlariga qarshi kurashishni inson o’zidan boshlashi darkorligi, buning uchub esa shaxsning huquqiy madaniyati yetarli darajada shakllangan bo’lishi kerakligi borasida korrupsiyaviy xavflarni aniqlash, oldini olish va bartaraf etish, sohada zamonaviy antikorrupsion tizimlar joriy etilishi bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, tanlov yakunida mutaxassislar tomonidan o’quvchilar chizgan rasmlari ta’riflanib yuqori baxolandi. Bugungi uchrashuvda o’quvchilar ko’plab ma’lumotlarga ega bo’ldilar.
👍 Biz korrupsiyaga qarshimiz

