Urganch tumani hokimligi tomonidan aholi va o’quvchi-yoshlar o’rtasida targ’ibot tadbirini o’tkazish, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan, bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish maqsadida «Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!» mavzusida targ’ibot tadbiri o’tkazildi.
Suhbat davomida Urganch tumani bosh imom-xatibi M.Muxammadzarif o‘g‘li, Urganch tumani hokimi maslahatchisi Sh.Ramanova, Bo’ston MFY raisi Sh.Matkarimov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Urganch tumani bo‘linmasi rahbari G.Jabbarova hamda Bo’ston mahallasi fuqarolari ishtirok qilishdi. Unda Konstitutsiya hayotimizning mustahkam poydevori, inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat tamoyillarini o’zida mujassam etgan holda jamiyatimiz ravnaqining huquqiy poydevorini yaratishi, asosiy prinsiplari, yoshlarimiz hayotida tutgan o’rni, huquq va burchlari, Konstitutsiyaga kiritilgan asosiy tamoyil va tushunchalar to’liq yoritib berildi.

