Urganch tumani axborot-kutubxona markazida barcha 1-dekabr — Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan «Kitobxonlar klubi» a’zolari va xodimlar ishtirokida Urganch tumani Ko’p tarmoqli markaziy poliknika «Voleoloq» vrachi Sadulla Madrahimov bilan «Biz OITSga qarshimiz» mavzusida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda shifokor tomonidan OITS va uni oldini olish, OITSning yuqish yo’llari va salbiy oqibatlari, to’g’ri ovqatlanish va inson organizmi uchun foydali bo’lgan mahsulotlar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, shifokor xodimlarni foydali mahsulotlarni kundalik ratsionga kiritishga chaqirdi va sog’lom turmush tarziga qat’iy amal qilish borasida ma’ruzalar tinglandi. Uchrashuv so’nggida shifokor bugungi kunda ushbu kasallikning oldini olishga qaratilgan chora – tadbirlar xususida ma’lumot berdi, xodimlar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olgan holda zarur bilimlarga ega bo’lishdi.
Mazkur tadbirlar xodimlar o’rtasida sog‘lom turmush tarzi, mas’uliyat va profilaktikaning ahamiyatini targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

