Urganch tumani axborot-kutubxona markazida Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Urganch tuman bo’linmasi rahbari G.Jabborova, Urganch tumani Favqulodda vaziyatlar bo’limi xodimlari va «Kitobxonlar klubi» a’zolari ishtirokida 8-dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan kuni munosabati bilan «Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!» mavzusida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda kitobxon onaxonlar, yoshlar va jamoat vakillari ishtirok etib, mamlakatimizning konstitutsiyaviy qadriyatlari, huquq va erkinliklari haqida suhbatlashildi. Unda, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Urganch tuman bo’linmasi rahbari G.Jabborova, konstitutsiyaning tarixi va ahamiyati, fuqarolarning huquq va majburiyatlari, milliy qonun hujjatlarining jamiyat rivojidagi o’rni haqida ma’lumotlar berildi. Ayniqsa, yoshlar bilan savol-javoblar o’tkazilib, ularning taklif va mulohazalari tinglandi. Uchrashuv yakunida ishtirokchilar Konstitutsiya – davlatimizning poydevori ekanini yana bir bor anglab, uning qadr-qimmatini hurmat qilishga chaqirildi.

