«Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish»

Urganch tumani Yuqoriovul mahallasida Mahalla va maishiy-xizmat ko’rsatish markazi ochildi.
🇺🇿Iqtisodiyot va moliya vazirligi, BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP), Islom taraqqiyot banki va O’zbekiston Mahallalar uyushmasi vakillaridan iborat yuqori darajadagi delegatsiya «Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish» qo’shma loyihasi doirasida Urganch tumaniga tashrif buyurib, yangi ijtimoiy infratuzilma obyektlarini ochdi.

Mahalla xizmatlar markazi Yuqori ovul, Merganovul, Jayhun va Uyshin mahallalariga xizmat ko’rsatadi. Ushbu markaz yangi ish o’rinlarini yaratadi, aholi daromad manbalarini kengaytiradi va yoshlar uchun zamonavioy o’quv va tadbirkorlik maydonlarini taqdim etadi.

Urganch tumani hokimligi, mutasaddi tashkilotlar va Urganch tumani axborot-kutubxona markazi hamkorligida tuman Yuqoriovul mahallasida Mahalla va maishiy-xizmat ko’rsatish markazi ochildi. Hamda ushbu yo’nalishlar o’z ish faoliyatini olib boradi.

  • MFY ma’muriyati ;
  • o’quv va trening xonalari ;
  • kutubxona va o’quv xonalari ;
  • tikuvchilik ustaxonalari ;
  • sport va fitnes zonalari ;
  • erkaklar va ayollar sartaroshxonalari ;
  • novvoyxona va kichik do’konlar ;
  • maishiy texnika ta’miri ;
  • go’zallik saloni va kimyoviy tozalash.