«Xalqaro nogironlar kuni»

Urganch tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari va kitobxon talaba-yoshlar bilan birgalikda «Xalqaro nogironlar kuni» munosabati bilan Viloyatimizda yangidan bunyod etilgan Xorazm viloyati Ko’zi ojizlar kutubxonasiga tashrif buyurildi. Tashrif davomida kutubxonada yaratilgan yangi imkoniyatlar, foydalanuvchilar uchun qulaykiklar va yangi o’quv zallari, kompyuter, xizmat ko’rsatish xonalari bilan tanishildi. Unda, ko’zi ojizlar kutubxonasi mutaxassis tomonidan talaba-yozlarga nogironlarga yaratilgan shart-sharoitlar, ularning ijtimoiy himoyasi va qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berib, kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi. Uchrashuv davomida talabalar faol ishtirok etib, savollar berish orqali nogironlar huquqlari, ijtimoiy integratsiya va kutubxonalarda yaratilyotgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdilar.
adbir

Bunday uchrashuvlar, yoshlar ongida ijtimoiy mas’uliyat va insonparvarlik qadriyatlarini mustahkamlashdan iboratdir.