Inson qalbiga yo’l mehr-muruvvat va saxovatdan boshlanadi.
Ming yillar davomida shakllangan mehr-oqibat tushunchalari asrlar mobaynida el-yurtimizning dunyoqarashi, ma’naviy hayotining negizi sifatida vujudga kelgan, ongimizdan chuqur joy olgan buyuk qadriyatdir.
3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Urganch tumani axborot-kutubxona markazida imkoniyati cheklangan Urganch tumani «Tinchlik» ko’chasi «G’alaba» bog’ida joylashgan «Maxsus ko’zi ojizlar» ko’chma kutubxonasi xodimi I-gurux nogironi Ixtiyor Odamboyev bilan davra suhbati tashkil etildi. Uchrashuv davomida xodimimiz o‘zining hayotiy yo‘li, kasbiy kamoloti, duch kelgan sinovlar, ulardan chiqish jarayoni hamda erishgan yutuqlari haqida samimiy tarzda fikr bildirdi. Uning irodasi, sabr-toqati, mehnatsevarligi va hayotga bo‘lgan ijobiy munosabati ishtirokchilarga katta ruhiy kuch va motivatsiya berdi.
Shuningdek, davra suhbatida markaz rahbari M.Yusupova nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ish jarayonida e’tibor va qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati, jamoaviy birdamlik va inkluziv muhitni kuchaytirish masalalar, insonni qadrlash, mehr-oqibat ko‘rsatish va jamiyatda bag‘rikenglik fazilatlarini keng targ‘ib qilish zarurligini ta’kidladilar.
Har bir insonning jamiyatdagi o‘rni bebaho. Imkoniyati cheklangan insonlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga qulay sharoit yaratish — barchamizning insoniy burchimizdir.

