Urganch tumani axborot-kutubxona markazi old qismida Urganch tumani hokimligi hamda mutasaddi tashkilotlar hamkorligida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan keng ko’lamli bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda tuman hokimligi mas’ullari, mahalliy kengash deputatlari, ta’lim, madaniyat va yoshlar siyosati sohalari vakillari, shuningdek, nuroniylar, o‘qituvchilar, yoshlar va jamoatchilik faollari ishtirok etdilar.
Dastlab ishtirokchilarga Konstitutsiyaning ahamiyati, unda mustahkamlangan inson huquq va erkinliklari, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qaratilgan tamoyillar hamda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
So‘zga chiqqanlar Konstitutsiya – davlatimiz mustaqilligi, barqarorligi va taraqqiyotining muhim poydevori ekanini, undagi normalar bugungi kunda jamiyat hayotining barcha jabhalarida o‘z samarasini berayotganini ta’kidlab o‘tishdi.
Tadbir davomida, ma’naviy-ma’rifiy chiqishlar, badiiy kompozitsiyalar, kitob va adabiyotlar ko‘rgazmasi, yoshlar uchun qiziqarli viktorinalar va madaniyat xonandalarining chiqishlari barchaga bayromona kayfiyat ulashdi.
Urganch tumani axborot-kutubxona markazi old qismida Urganch tumani hokimligi hamda mutasaddi tashkilotlar hamkorligida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan keng ko’lamli bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda tuman hokimligi mas’ullari, mahalliy kengash deputatlari, ta’lim, madaniyat va yoshlar siyosati sohalari vakillari, shuningdek, nuroniylar, o‘qituvchilar, yoshlar va jamoatchilik faollari ishtirok etdilar.
Dastlab ishtirokchilarga Konstitutsiyaning ahamiyati, unda mustahkamlangan inson huquq va erkinliklari, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qaratilgan tamoyillar hamda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
So‘zga chiqqanlar Konstitutsiya – davlatimiz mustaqilligi, barqarorligi va taraqqiyotining muhim poydevori ekanini, undagi normalar bugungi kunda jamiyat hayotining barcha jabhalarida o‘z samarasini berayotganini ta’kidlab o‘tishdi.
Tadbir davomida, ma’naviy-ma’rifiy chiqishlar, badiiy kompozitsiyalar, kitob va adabiyotlar ko‘rgazmasi, yoshlar uchun qiziqarli viktorinalar va madaniyat xonandalarining chiqishlari barchaga bayromona kayfiyat ulshdi.
Tadbir davomida Urganch tumani IIB boshlig’i J.Raxmetov, Urganch tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari O’.Bog’bekov va yuqori tashkilot xodimlari ko’rgazmalar bilan tanishdilar. Bugungi tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi va fuqarolarda yurtimizning asosiy qonuniga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yanada mustahkamladi.

