O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan Urganch tumani axborot-kutubxona markazi tomonidan keng ko‘lamli bayram tadbiri doirasida maxsus ko’rgazma tashkil etildi.
Ko‘rgazmada Konstitutsiyaning yaratilish tarixi, undagi asosiy tamoyillar, inson huquqlari va erkinliklari, shuningdek, yurtimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarni yorituvchi kitoblar, hujjatlar, ilmiy nashrlar va huquqiy adabiyotlar, davlat ramzlariga oid nashrlar, mustaqillik davrida chop etilgan tarixiy manbalar ham keng jamoatchilik e’tiboriga havola etildi.
Mazkur ko‘rgazma Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish, fuqarolarda asosiy qonunga bo‘lgan hurmat va qiziqishni oshirishga xizmat qildi.

