Urganch tumani axborot-kutubxona markazida Urganch davlat unversiteti Kimyo texnologiyalari tyutor va talabalari ishtirokida buyuk sarkarda, ilm fan va madaniyat raxnamosi Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan «Buyuk salohiyat sohibi» nomli davra suhbati tashkil etildi. Unda markaz xodimi Z.Matkarimova tomonidan Sohibqiron Amir Temur va Temuriylarning ilm-fan, me’morchilik, musiqa, tibbiyot, adabiyot va boshqa sohalarda amalga oshirilgan ishlari, hayot yo’li, siyosiy faoliyati haqida ma’lumotlar berib o’tildi.
Xususan, bugungi uchrashuvda Sohibqiron Amir Temurni Vatanimiz ravnaqiga qo’shgan hissasi, o’zbek xalqi farzandlari ham o’z tarixini asrashi va uni kelgusi avlodlarga yetkazishi, buyuk bobomiz tuzuklari va o‘gitlari zamiridagi ma’no va hikmatlari, asarlari mohiyati qiyosiy misollar yordamida sharhlab o’tildi. Shuningdek, davra suhbati davomida talabalar 38-sonli maktabning Amir Temur xonasida tashkil etilgan rasmli ko’rgazmalari bilan yaqindan tanishishdi.

