Xususan, Urganch RANCH texnologiya universiteti dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Intizor Raximova hamda markaz mutaxassisi
Z. Saidova hamkorligida bitiruvchi magistrantlar ishtirokida mazmunli tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan bir-biridan qiziqarli loyihalar taqdim etildi. Shuningdek, talabalar o‘zlarining eng sevimli kitoblarini bir-birlariga esdalik sifatida ulashib, kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirishga hissa qo‘shdilar. Bundan tashqari, kitobxonlikka oid viktorinalar o‘tkazilib, ishtirokchilarning bilim va tafakkurlari sinovdan o‘tkazildi. Tadbir yakunida barcha faol qatnashgan magistrantlar markaz tomonidan faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

