Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi hamda «Interbilim» markazi hamkorligida davlat xizmatchilari va xotin-qizlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini kuchaytirish hamda jamiyatdagi o‘rnini yanada mustahkamlash maqsadida seminar-trening tashkil etildi. Unda ishtirokchilarga bugungi kunda dolzarb hisoblangan mavzular yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi. Xususan, ayollarning jamiyatdagi faolligi, huquqiy savodxonlikni oshirish, liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, shaxsiy va kasbiy rivojlanish masalalari bo‘yicha fikr almashildi va interaktiv usullarda turli amaliy mashg‘ulotlar o‘z bilim va tajribalarini boyitish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Unda faol ishtirok etgan xotin-qizlar va davlat xizmatchilarining tashabbuskorligi, izlanuvchanligi, jamoatchilik ishlaridagi faolligi alohida e’tirof etilib, markaz xodimlari faol xotin-qizlar «Interbilim» markazi tomonidan sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar