Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan «Kitobsevar millat» loyihasi doirasida Urganch tumani Favqulodda vaziyatlar bo’limida navbatdagi kutubxona xizmati tashkil etildi.

Tashrif davomida davlat xizmatchilari uchun kitob ko’rgazmasi tashkil etilib, markaz fondiga kelib tushgan yangi adabiyotlar hamda mutolaa uchun tavsiya etiladigan badiiy va ilmiy-ommabop kitoblar tanishtirildi.
Shuningdek, xodimlar tomonidan muddatida o’qib bo’lingan kitoblar qaytarib olinib, ularning qiziqishlaridan kelib chiqib yangi adabiyotlar tavsiya etildi va foydalanish uchun taqdim qilindi. Suhbat yakunida davlat xizmatchilari bilan kitobxonlik madaniyati, mutolaaning inson kamolotidagi o’rni hamda kitob o’qishning ahamiyati yuzasidan samimiy va mazmunli suhbat o’tkazildi.