Urganch tumani axborot-kutubxona markazida Urganch tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari ishtirokida “Ma’naviyat qalqoni” mavzusida kitobxonlik tanlovi tashkil etildi.
Tanlov ishtirokchilarning kitobxonlik madaniyati, bilim saviyasi va ma’naviy dunyoqarashini yanada boyitish maqsadida 3 ta shart asosida o‘tkazildi:
📖 1-shart – Test sinovi
📚 2-shart – “Sevimli asarim” taqdimoti
3-shart – Viktorina savol-javoblari

Tanlov yakunida barcha shartlar bo‘yicha eng yuqori natijalarni qayd etgan ishtirokchi 1-darajali diplom bilan taqdirlandi.
Tanlov davomida ishtirokchilar o‘zlarining mutolaa madaniyati, badiiy asarlar haqidagi bilimlari hamda fikrlash qobiliyatlarini namoyon etdilar. Ayniqsa, viktorina jarayonida qiziqarli savol-javoblar, erkin fikr almashuvlar va mazmunli munozaralar bo‘lib o‘tdi.