🇺🇿30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Urganch tuman bo‘linmasi hamkorligida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Kimyo texnologiyalari fakulteti talabalari ishtirokida «Yangi O‘zbekiston yoshlari – kelajak bunyodkorlari» mavzusida bayramona uchrashuv tashkil etildi. Unda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Urganch tuman bo‘linmasi rahbari G.Jabbarova, O.Polvonovlar yig‘ilganlarni bayram bilan samimiy tabriklab, mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularning ilm-fan, ma’naviyat va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida so‘z yuritdilar. Shuningdek, markaz mutaxassisi Z.Saidova kitobxonlikni keng targ‘ib etish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish yo‘lida faol ishtirok etayotgan bir guruh faol kitobxon yoshlarni faxriy yorliq esdalik sovg‘alari topshirildi. Uchrashuv davomida yoshlar uchun samimiy muloqot tashkil etilib, ularga ezgu tilaklar bildirildi.