Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan kitobxon va ma’naviyatli ayollarni aniqlash hamda ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan «Kitobxon ona» loyihasi doirasida kitobxon onalarga muntazam kutubxona xizmati ko‘rsatib kelinmoqda.
Navbatdagi tashrif Urganch tumanining «Oltinko‘l» MFYda istiqomat qiluvchi kitobsevar Ra’no opa xonadonida tashkil etildi. Tashrif davomida markaz mutaxassisi G.Botirova kitobxon ona bilan samimiy suhbat olib borib, oilada kitob mutolaasining o‘rni, farzand tarbiyasida kitobning ahamiyati hamda mutolaa madaniyatini shakllantirish masalalari yuzasidan fikr almashdi. Shuningdek, avval foydalanish uchun berilgan kitoblar qabul qilib olinib, kitobxonning qiziqishlaridan kelib chiqib yangi badiiy va ma’rifiy adabiyotlar tavsiya etildi.