Urganch tumani Xalq banki va Ipoteka banki xodimlariga kutubxona xizmati ko‘rsatildi.

Urganch tumani axborot-kutubxona markazi tomonidan kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda aholining turli qatlamlari o‘rtasida mutolaa ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida Urganch tumani Ipoteka banki hamda Xalq banki xodimlariga kutubxona xizmati ko‘rsatildi. Tashrif davomida markaz mutaxassislari tomonidan xodimlarga badiiy va sohaviy adabiyotlar tavsiya etilib, yangi nashrdagi kitoblar bilan tanishtirildi. Shuningdek, mutolaaning inson ma’naviy kamolotidagi o‘rni haqida suhbat tashkil etilib, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi. Mazkur xizmat orqali tashkilot xodimlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari hamda doimiy kitobxonlik muhitini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.