So’nggi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan kitob mutolaasi muhimligi, yoshlar, rahbarlar va aholi orasida bu fazilatni targ’ib qilish haqida ko’p bora ta’kidlanmoqda. Amalga oshirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy izchil islohotlar jarayonida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Aslida ham, kitob va kitobxonlik insonlar ong-tafakkurini teranlashtirib, qalbiga eng go’zal ezgu niyatlarni joylaydigan, ularni yaxshiliklar olamiga yetaklaydigan maʼnaviyat sarchashmasidir. Shuning uchun har doim kitob o’qishga ehtiyojimiz bor.
Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari Urganch tumani «Aloqa» bankiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida xodimlar tomonidan yangi yildan kitobxonlarga yaratilgan qulaylik va yangiliklar haqida ma’lumotlar berildi, kitob taqdimoti va adabiyotlar ko’rgazmasi tashkil etildi. Shuningdek yangidan kitobxonlar a’zo etildi.