Prezidentimizning tashabbusi bilan 2025-yil «Atrof-muhitni asrash va «yashil» iqtisodiyot yili» deb e’lon qilindi. Bu yangi maqsadlar sari intilish va kelajak avlod uchun barqaror taraqqiyotga yo’l ochishda katta imkoniyatdir. Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi kirish qismida «Atrof-muhitni asrash va «yashil» iqtisodiyotga o’tish oliy burchdir» deb nomlangan kitob-rasmli ko’rgazma tashkil qilindi. Ko’rgazmada prezidentimiz atrof-muhitni asrash, «yashil» iqtisodiyot sari yaratilgan imkoniyatlar, ekologiyaga oid nashrlar, tadbirkor va fermerlar bilan uchrashuv fotosuratlari namoyish qilinmoqda.