Urganch tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi, viloyat bolalar kutubxonasi, Urganch tumani axborot-kutubxona markazi hamkorlikda»Kutubxona ish jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalarini qo’llashning dolzarbligi» mavzusida o‘quv seminari tashkil qilindi. O’quv seminarga tumanimizdagi umumiy o’rta ta’lim maktabi kutubxonachilari taklif qilindi. O‘quv seminar davomida markaz rahbari M.Yusupova tomonidan hozirgi kunda kutubxonalarga qo’yilayotgan talablar, kutubxonalarda yuritilayotgan meyoriy hujjatlarni yuritish tartibi, hozirgi zamon talabi darajasida kitobxonlarga xizmat ko’rsatish, yoshlarni kitobga kitobxonlikka qiziqtirish uchun qay tartibda ishlar olib borish, ish jarayonida kompyuter texnikalaridan foydalanish, kutubxonachilarning kasbiy faoliyati davomida yuzaga kelgan turli mavzularda ma’lumotlar berdi va trening mashg’ulotlari o’tkazdilar. O’quv-seminar bahs-munozara shaklida tashkil etilib, ishtirokchilar sohaga oid yangi bilimlarga ega bo’ldilar.