Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi «Kitobxonlar klubi» a’zolari ishtirokida Turkiston jadidchilik harakatining asoschisi, ma’rifatparvar olim, yozuvchi va publitsist, din va jamoat arbobi, jadidchilik harakati yetakchilaridan biri Mahmudxo’ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan «Yangi zamon o’zbek madaniyatining asoschisi» mavzusida adabiy kechasi tashkil etildi. Suhbat davomida markaz mutaxassisi Z.Matkarimova tomonidan Mahmudxo’ja Behbudiy Yassaviy avlodidan ekanligi, 18 yoshidan qozixonada mirzalik qilgan, qozi, mufti darajasida bo’lganligi va adibning hayot faoliyati, ijodi va asarlari haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek o’quvchilar jadid namoyondalari asarlaridan iborat qiziqarli savollarga javob berishdi.