🪐Buyuk mutafakkir va ma’rifatparvar
Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida dramaturg, publitsist, jamoat arbobi, jadidchilik harakati yetakchilaridan biri Mahmudho’ja Behbudiy tavalludining 150 yilligiga bag’ishlangan «Buyuk mutafakkir va ma’rifatparvar» mavzusida adabiy-badiiy kecha o’tkazildi. Adabiy kechada O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli yozuvchi Shuhrat Matkarimov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi yetakchi mutaxassisi, taniqli shoira Shoira Qalandarova, Urganch tuman axborot-kutubxona markazi xodimlar va RANCh texnologiya universiteti professor-o’qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi. Tadbir davomida Urganch RANCh texnologiya universiteti dotsenti I.Rahimova Prezidentimiz tomonidan jadidlar faoliyatini o‘rganishga katta e’tibor qaratilayotganiga to’xtalib, buyuk ajdodimiz tavalludining 150 yilligini nishonlash bo’yicha olib borilayotgan ishlar to’g’risida gapirdilar.