Urganch tumani axborot-kutubxona markazi talaba yoshlar bilan gavjum. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat unversiteti «Filologiya va san’at» fakulteti, filologiya va tillarni o’qitish, o’zbek tili ta’lim yo’nalishi talabalari birinchi guruhi hamkorlik shartnomasi asosida, kasbiy malakalarini oshirish maqsadida markazga tashrif buyurdilar.
Markazning fondlarni to’ldirish, saqlash va ularga ishlov berish xizmati rahbari D.Satibaldiyeva tomonidan talabalarga markaz faoliyati, kutubxona fondi, elektron resurslar, bu yerda tashkil qilingan ko’rgazmalar va ish jaryonlari bilan tanishtirib o’tildi. Shuningdek, AKT va raqamlashtirish xizmati mutaxassisi Z.Saidova tomonidan talabalar foydalanishlari uchun kitobxonlikni zamonaviy texnologiyalar va kitobxonlarga masofadan turgan holda xizmat ko’satish, avdio disqlar, o’quv qo’llanma va kitoblar tavsiya etildi. Foydalanuvchilar safi yanada kengayib, yangidan 20 nafar kitobxonga ko’paydi.