Urganch tumani axborot-kutubxona markazida Urganch davlat unversiteti, Filologiya fakulteti talabalari ishtirokida, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi faoliyat doirasida buyuk ma’rifatparvar bobolarimiz jadidlar merosi va ularning milliy uyg‘onishdagi o‘rni haqida davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida markaz mutaxassisi G.Botirova tomonidan talabalarga, Jadidchilik harakatining kelib chiqishi va tarixiy ahamiyati, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy kabi jadidlarning ma’rifatparvarlik g‘oyalari, Yangi maktablar, ta’lim islohotlari va matbuot taraqqiyotidagi ulkan xizmatlari, ularning milliy o‘zlikni uyg‘otishdagi hissasi yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Davra suhbatining asosiy maqsadi yoshlar ongiga jadid bobolarimizning ma’rifat, vatanparvarlik va taraqqiyot yo‘lidagi fidoyiligini singdirish, ularning boy merosini chuqurroq anglatishdan iborat.

