Har payshanba kuni mamlakatimizda «Yoshlar kuni» sifatida belgilangan. Shu munosabat bilan Urganch tumani axborot-kutubxona markazida Urganch tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimlari hamda hudud yoshlari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari, shuningdek ularni qiynayotgan muammolar tinglandi. Ko‘tarilgan har bir masala yuzasidan mutasaddi tashkilot vakillari tomonidan tegishli tushuntirishlar berilib, ularni hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, Ichki ishlar bo‘limi xodimlari, markazi faoliyati bilan yaqindan tanishib, kitobxonlar bilan «Kitobxon yoshlar — intellektual jamiyat asosi» mavzusida suhbat tashkil etildi. Suhbat davomida AKT xizmati rahbari O.Sharipov kutubxona faoliyati bilan tanishtirib, kitobxonlar uchun yaratilgan qulayliklar va yangi loyihalar bilan tanishtirib o’tdi. Shuningdek, kitobxon yoshlar kutubxonaga a’zo etildi.
Suhbat davomida bunday uchrashuv va muloqotlar har hafta payshanba kuni muntazam ravishda tashkil etilishi ta’kidlandi.
Mazkur tadbir yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning muammolarini o‘rganish hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

