Bugun tuman hokimi tashabbusi bilan kitobxon yoshlar ishtirokida samimiy va mazmunli uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuvning faxriy mehmoni sifatida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli ijodkor Shuhrat Matkarim ishtirok etdi. Adib yoshlar bilan ijod, kitobxonlikning inson kamolotidagi o‘rni, hayotiy tajribalari hamda bugungi kunda mutolaaning ahamiyati haqida samimiy suhbat qurdi.
Shuningdek, Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Zilola Saidova kutubxona fondidagi yangi adabiyotlar va kitobxonlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berilib, yoshlar mutolaaga keng jalb etildi.
Unda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar, sevimli asarlari, mutolaa taassurotlari hamda kelajakdagi maqsad va rejalari yuzasidan fikr almashdilar.