Yangiliklar

“Muhammad Yusuf- el ardoqlagan shoir”

MUHAMMAD YUSUF-EL ARDOQLAGAN SHOIRIV Respublika «Kitobxonlik haftaligi» davom etmoqda.✨Urganch tumani Axborot-kutubxona markazida «Kitobsevar millat» shiori ostidagi IV Respublika «Kitobxonlik haftaligi» doirasida Urganch tumani 1-sonli maktabi kitobxonlar ishtirokida el suygan adib, shoir Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan “Muhammad Yusuf- el ardoqlagan shoir” nomli tadbir bo’lib o’tdi.Tadbir davomida kitobxonlar tomonidan shoirining hayoti va ijodi, shoir …

“Muhammad Yusuf- el ardoqlagan shoir” Читать полностью »

«Zakovat bilimdonlari»

Kitobxonlik_haftaligini_IV_kuni Urganch tumani Axborot — kutubxona markazi xodimlari ishtirokida «Kitobsevar millat» shiori ostida an’anaviy IV Respublika «Kitobxonlik haftaligi» doirasida «Zakovat bilimdonlari» intellektual o’yini o’tkazildi.Qiziqarli savol-javoblardan iborat, bahs-munozaralarga boy tarzda o’tkazilgan bellashuvda xodimlar «Kitobxonlar», «Ziyolilar» nomli guruhlarga bo’lingan holda faol qatnashishdi. «Zakovat bilimdonlari» intellektual o’yinida faol qatnashgan guruxlar kitobxonlik haftaligi yakunida taqdirlanadi.

«Yosh kimyogarlar»

Urganch tumani Axborot — kutubxona markazi xodimlari ishtirokida «Kitobsevar millat» shiori ostida an’anaviy IV Respublika «Kitobxonlik haftaligi» doirasida faol kitobxonlar ishtirokida «Yosh kimyogarlar» bellashuvi o’tkazildi. Bellashuv jarayonida 7-sinf o’quvchilar «Alkimyogar», «Butlerov», «Elementlar» jamoalariga bo’lingan holda faol qatnashishdi. Shuningdek «Elementlar» jamoasi g’olib deb topildi, Markaz tomonidan faxriy yorliqlarga ega bo’ldi.

Muhammad Yusuf — el ardoqlagan shoir

Urganch tumani Axborot-kutubxona markazida «Kitobxonlik haftaligi» doirasida «Nuroniylar bilan yoshlar uchrashuvi» va O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bag’ishlangan «Muhammad Yusuf el ardoqlagan shoir» nomli tumandagi 1-38-sonli maktab o’quvchilari ishtirokida tadbir bo’lib o’tdi. Tadbir davomida o’quvchilar tomonidan shoir ijodidan she’r kuy qo’shiqlar, chiroyli raqslaru, qiziqarli sahna ko’rinishlari ijro etildi. Tadbirga Urganch tumani “Nuroniy …

Muhammad Yusuf — el ardoqlagan shoir Читать полностью »

IV Respublika kitobxonlik xaftaligi

Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi kitobsevar kitobxonlari bilan gavjum. Kitobsevar millat shiori ostida o’tkazilayotgan IV Respublika «Kitobxonlik  haftaligi» doirasida Urganch tumani 38-sonli maktabning 3-sinf o’quvchilari ishtirokida mahorat darslari va kitob taqdimotlari o’tkazildi. Taqdimot davomida o’quvchilar kitoblar haqida she’r va sahna ko’rinishlari, kuy va qo’shiqlari bilan qatnashishdi, shuningdek madaniyat bo’limi xodimlari tomonidan kuy qo’shiqlar ijro etilib, aholi …

IV Respublika kitobxonlik xaftaligi Читать полностью »

«Kitobxonlik bizni birlashtirdi»

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash Milliy dasturi to’g’risida”gi 781-sonli qaror bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida «Kitobsevar millat» dasturi doirasida «Kitobxonlik haftaligi» 2020 yil 14 dekabrdagi 781-son qaroriga asosan 2021 yildan boshlab har yili aprel oyida «Kitobxonlik haftaligi» o’tkazilishi belgilangan.Shu munosabat bilan Urganch tumani Axborot-kutubxona markazida 38-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi …

«Kitobxonlik bizni birlashtirdi» Читать полностью »

“Kitobxon ona – ma’navyatli oila poydevori»

Urganch tumani Axborot-kutubxona markazida yosh kitobxon onalar va o’quvchilarni kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va oila haqidagi bilimlarini oshirish maqsadida psixolog Sh.Razzoqovning «Oila alifbosi» kitobi taqdimoti o’tkazildi.Markazning AKT va raqamlashtirish xizmati mutaxasissi Z.Saidova tomonidan ushbu asarda oila va uning mustahkamligini ta’minlovchi omillar, oiladagi erkak va ayolning burchlari, ularning oiladagi o’rni, mas’uliyati, oilaviy ajrimlarning sabablari va salbiy oqibatlari …

“Kitobxon ona – ma’navyatli oila poydevori» Читать полностью »

«Yosh kitobxon»

Urganch tumani Axborot-kutubxona markazida ijodkor yoshlar bilan«Yosh kitobxon» nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.Tuman hokimligi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi, oila va xotin-qizlar bo‘limi, tuman axborot kutubxona markazi hamkorligida tashkil etilgan tadbirga O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi yetakchi mutaxassisi Shoira Shams taklif qilinib, o’z ijodidan namunalar o‘qib, ijodkor yoshlarga o’z maslahatlarini berdi.Tadbirda 7-son umumiy ta’lim maktabi o’quvchisi …

«Yosh kitobxon» Читать полностью »

«Navoiy avlodlar ardog’ida»

Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi tumandagi 1-sonli Umumiy o’rta ta’lim maktabining Babajonova Dilafruz rahbarligidagi 8-sinf o’quvchilari ishtirokida buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag’ishlab «Navoiy avlodlar ardog’ida» mavzusida adabiy-badiiy kecha o’tkazildi. Adabiy-badiiy kechani Markazning Fondlarni to’ldirish, saqlash va ishlov berish xizmati rahbari H.Matkarimova kirish so’zi bilan tadbirni ochib berib so’z mulkining …

«Navoiy avlodlar ardog’ida» Читать полностью »

«Siz Navoiyni o’qiganmisiz»

Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag’ishlab «Siz Navoiyni o’qiganmisiz» mavzusida davra suhbati tashkil etildi. mutafakkir shoirimiz, so’z mulkining sultoni bo’lgan Alisher Navoiyning adabiy merosi, ilmiy, tarixiy- ma’rifiy asarlari jahon adabiyotining nodir durdonalaridan ko’rgazma tashkil etildi. Markaz xodimlari tomonidan ko’rgazmadan joy olgan Navoiy asarlari …

«Siz Navoiyni o’qiganmisiz» Читать полностью »