Yangiliklar

«Mehr kutubxonasi» loyihasi

Urganch tumani axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan aholi o’rtasida targ’ibot ishlarini amalga oshirish, ko’chma kutubxona tashkil qilish, har bir oilaga ma’rifat ulashish maqsadida «Yoshlik», «Shodlik», «Oltin ko’l» MFY sida istiqomat qiluvchi kitobxonlar buyurtmasiga asosan kitoblar va gazeta jurnallar yetkazib berildi.

«Sevimli yozuvchim bilan uchrashuv» loyihasi

Bugun Urganch tumani axborot-kutubxona markazi hodimi Z.Saidova «Sevimli yozuvchim bilan uchrashuv» loyihasi asosida Respublika Ma’naviyat va Marifat markazi Urganch tuman bo’linmasi rahbari, qalami o’tkir ijod sohibasi Rano opa Vapayeva bilan uchrashuv tashkil etildi. Sevimli yozuvchimiz bilan yangi ijod maxsullaridan suxbatlashdik.

«Kitobxon ona – oila ma’naviyatining ko’zgusi»

Kitoblari yo’q xonadon – xuddi ruhsiz tanaga o’xshaydi. Oilada tarbiyaning barcha mezonlari shakllantirilganidek, kitobxonlik madaniyati ham shu maskandan boshlansa yaxshi samara beradi. Oilada ota-ona kitobga mehr qo’ygan bo’lsa bunday oilada tarbiyalanayotgan farzand ham kitobga oshno bo’ladi, bunday bolalarning dunyoqarashi, fikrlash doirasi keng bo’ladi, hushmuomala, mehribon, boshqalarga iloji boricha yaxshilik qiladi. Albatta farzand tarbiyani qo’lida kitob …

«Kitobxon ona – oila ma’naviyatining ko’zgusi» Читать полностью »

“Bilim xazinasi» kitob do’konida «Yoshlar kutubxonasi”

Urganch shahrida koʻzni quvnatadigan, zamonaviy “Bilim xazinasi» kitob do’konida «Yoshlar kutubxonasi” ochildi! 200 o’ringa mo’ljallangan 100 ming kitob fondiga ega bo’lgan kutubxonada bepul Wi-Fi tarmog’i, eng zamonaviy texnik vositalar bilan jixozlangan. Markazda joylashgan ziyo maskaniga Urganch tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari kutubxona xizmatini yo’lga qo’yish, amaliy yordam ko’rsatish maqsadida kutubxonaga tashrif buyurildi.

«Zamonaviy klassik adabiyotlar» loyihasi

Urganch tumani axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan tumanimizdagi barcha tashkilotlarga targ’ibot va tashviqot ishlari keng olib borilmoqda. Bugun Urganch tumani Matbuot uyi, Davlat Soliq Inspeksiyasi, Xalq banklari xodimlariga buyurtma etilgan adabiyotlari yetkazib berildi. Shuningdek shu tashkilotlarga tashrif buyurgan fuqarolar kutubxonaga a’zo etildi. ✏️Biz sizga xizmat ko’rsatishdan mamnunmiz.

«Mehr kutubxonasi» loyihasi

Urganch tumani axborot-kutubxona markazi rahbari Mehribon Yusupova ham mehnat faxriylari, nuroniylar va imkoniyati cheklangan, nogironligi bo’lgan kitobxonlarga qaynoq mehr ulashish maqsadida holidan xabar oldilar. Onaxonlarga yangi kitoblar taqdim etildi va axborot-kutubxona xizmati ko’rsatildi.

«Mehr kutubxonasi» loyihasi

Urganch tumani axborot-kutubxona markazi hodimlari «Qaynoq mehr», «Mehr kutubxonasi» loyihalari asosida «Oltin ko’l» «Arboblar» MFY sida istiqomat qiluvchi nafaqadagi otaxon va onaxonlarimiz, nogironligi bo’lgan kitobxonlar holidan xabar olindi. Markaz hodimlari tomonidan Do’schanov, Yaqubova va Salayeva Xadicha opalarga yangidan kitoblar yetkazilib, kutubxonaga a’zo etildi.

«Milliy o’qish haftaligi» loyihasi

Urganch tumani axborot-kutubxona markazining tinib tinchimaydigan hodimlari tomonidan tumandagi Xalq ta’limi bo’limi, savdo shahobchalari va tayyorlov o’quv kurslaridagi faol kitobxonlar buyurtmasiga asosan yangi kitoblar yetkazib berildi.

”Vatan tinchligi yurt boyligi”

Urganch tumani axborot-kutubxona markazida O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligini 31 yilligi va Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlab ”Vatan tinchligi yurt boyligi” mavzusida kitob-rasmli ko’rgazma tashkil qilindi. Unda kitoblar va Vatanimiz himoyachilari tasvirlangan fotosuratlar namoyish qilinmoqda.✏️Yurtimizni muhtaram posbonlari barchangizni 14-yanvar Vatanimiz himoyachilari kuni munosabati bilan Urganch tumani axborot-kutubxona markazi hodimlari nomidan samimiy muborakbod etamiz!

«Yo’l yo’lakay o’qiymiz» loyihasi

Urganch tumani axborot-kutubxona markazi hodimlari kitobxonlikni targ’ibot qilish maqsadida «Yo’l yo’lakay o’qiymiz» loyihasi asosida «Mustaqillik» ko’chalaridagi yo’lovchilarga kitoblar tavsiya etilib kutubxonaga a’zo etildi.Bugun hodimlar Respublika Ma’naviyat va marifat markazi Urganch tumani bo’linmasi hodimlari bilan birgalikda yoshlarni bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular o’rtasida kitobxonlikni targ’ib etishga qaratilgan 2023 yilgi ish rejasi to’g’risida suhbatlashildi..