Yangiliklar

«Mehr kutubxonasi» loyihasi

Urganch tumani axborot-kutubxona markazi hodimlari «Qaynoq mehr», «Mehr kutubxonasi» loyihalari asosida «Oltin ko’l» «Arboblar» MFY sida istiqomat qiluvchi nafaqadagi otaxon va onaxonlarimiz, nogironligi bo’lgan kitobxonlar holidan xabar olindi. Markaz hodimlari tomonidan Do’schanov, Yaqubova va Salayeva Xadicha opalarga yangidan kitoblar yetkazilib, kutubxonaga a’zo etildi.

«Milliy o’qish haftaligi» loyihasi

Urganch tumani axborot-kutubxona markazining tinib tinchimaydigan hodimlari tomonidan tumandagi Xalq ta’limi bo’limi, savdo shahobchalari va tayyorlov o’quv kurslaridagi faol kitobxonlar buyurtmasiga asosan yangi kitoblar yetkazib berildi.

”Vatan tinchligi yurt boyligi”

Urganch tumani axborot-kutubxona markazida O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligini 31 yilligi va Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlab ”Vatan tinchligi yurt boyligi” mavzusida kitob-rasmli ko’rgazma tashkil qilindi. Unda kitoblar va Vatanimiz himoyachilari tasvirlangan fotosuratlar namoyish qilinmoqda.✏️Yurtimizni muhtaram posbonlari barchangizni 14-yanvar Vatanimiz himoyachilari kuni munosabati bilan Urganch tumani axborot-kutubxona markazi hodimlari nomidan samimiy muborakbod etamiz!

«Yo’l yo’lakay o’qiymiz» loyihasi

Urganch tumani axborot-kutubxona markazi hodimlari kitobxonlikni targ’ibot qilish maqsadida «Yo’l yo’lakay o’qiymiz» loyihasi asosida «Mustaqillik» ko’chalaridagi yo’lovchilarga kitoblar tavsiya etilib kutubxonaga a’zo etildi.Bugun hodimlar Respublika Ma’naviyat va marifat markazi Urganch tumani bo’linmasi hodimlari bilan birgalikda yoshlarni bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular o’rtasida kitobxonlikni targ’ib etishga qaratilgan 2023 yilgi ish rejasi to’g’risida suhbatlashildi..

«Ona Vatan himoyachilari»

«Ona vatan himoyachilari» 14 yanvar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining 31 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora tadbirlarni ta’minlash maqsadida Urganch tumani axborot-kutubxona markazi hodimlari Urganch tumani Qo’riqlash qismiga tashrif buyurishdi. Markaz hodimlari harbiylarimizni bayram bilan tabriklab, davra suhbati, psixologik test, mantiqiy savollar berildi. Ularga yangi kitoblar tavsiya etildi va taqdimotlari …

«Ona Vatan himoyachilari» Читать полностью »

Sermahsul ijod sohibi

Oybekman-yuragida qayg’usi bisyorOybekman-bir ko’rmasa oy vasliga zorOybekni-xalqi uchun kuylab baxtiyorSizga o’z o’tmishimdan keltiray ash’or Bugun Urganch tumani axborot-kutubxona markazi o’quv zalida shor, yozuvchi, adabiyotshunos olim va jamoat arbobi, bir qancha dastonlari, maqolalari o’chmas meros qoldirgan adabiyotshunos Muso Toshmuhammad o’g’li Oybek tavalludining 118 yilligi munosabati bilan kitoblar va rasmli ko’rgazma tashkil etildi. Markaz mutaxassisi Z. Saidova …

Sermahsul ijod sohibi Читать полностью »

#Kitobni jonlantiramiz

Urganch tumani axborot-kutubxona markazi hodimlari Urganch tumandagi Keksalar dam olish sanatoriyasiga tashrif buyurishdi. Hodimlar kitobxon otaxon va onaxonlarga markazga yangi kelgan badiiy adabiyotlar tavsiya etildi va o’qigan kitoblari jonlantirildi. Otaxon va onaxonlar bilan suhbatda o’zlari o’qigan davrlaridagi adabiyotlar va hozirgi zamonaviy O’zbek adabiyoti to’grisida fikrlarini bildirishdi.

#Milliy o’qish haftaligi

Urganch tumani axborot kutubxona markazi hodimlari o’quvchi yoshlarni bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari uchun Matematika fanidan tayyorlanayotgan abituriyentlari bilan birgalikda yangi adbiyotlaridan «O’zbekiston qahramonlari», «Ma’naviyat asosiy tushunchalar lug’ati», «Ibrat maktabi», nomli kitoblar taqdimotlari o’tkazildi.

Qatag’on qurbonlari muzeyiga tashrif

O‘zbekiston xalqlari ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy ongining oshishi, dunyoqarashining shakllanishi, o‘zligini anglashi, ma’naviy olamining boyishida, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlodni Vatanga, milliy qadriyatlarga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda muzeylarning jamiyat hayotida tutgan o‘rni beqiyosdir. Mustaqillik yillarida o‘tgan asrning 30 – 50-yillaridagi qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish masalalari bo‘yicha qabul qilingan qarorlar shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning …

Qatag’on qurbonlari muzeyiga tashrif Читать полностью »

Voyaga yetmaganlar bilan ishlash

Urganch tumani Axborot kutubxona markaziga Urganch tumani Ichki Ishlar bo’limi Voyaga yetmaganlar bilan ishlash inspeksiyasi hodimlari tashrif buyurishdi. Tuman IIB hodimlari bilan voyaga yetmaganlar bilan ishlash dasturi ishlab chiqildi. Dastur shundan iboratki voyaga yetmagan o’quvchi yoshlarni kitob o’qishga jalb qilish, kitob mutolaa qilib xayotda o’z o’rinini topishlari uchun haftada bir kun kutubxonamizga tashrif buyurishadi.Yoshlarni to’g’ri …

Voyaga yetmaganlar bilan ishlash Читать полностью »