Yangiliklar

«Bolalik va Yangi yil orzulari»

Urganch tumani axborot-kutubxona markazida jajji bolajonlarga bayram kayfiyati ulashish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda kitobga bo‘lgan mehrini oshirish maqsadida bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida bolajonlar uchun qiziqarli o‘yinlar, quvnoq she’rlar hamda musiqiy chiqishlar namoyish etildi. Kutubxona xodimlari tomonidan bolalarga yoshiga mos, rang-barang va qiziqarli savollar tayyorlandi. Shuningdek, bayram doirasida bolajonlar faol ishtirok …

«Bolalik va Yangi yil orzulari» Читать полностью »

Urganch tumani hokimligiga tashrif buyurildi.

Urganch tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tashkilot xodimlariga bayram kayfiyati ulashish, ularning ma’naviy-ruhiy holatini ko‘tarish hamda bayram munosabati bilan samimiy tabriklar yetkazish maqsadida Urganch tumani hokimligiga tashrif buyurildi. Tashrif davomida kutubxona xodimlari tomonidan bayramona kayfiyatda tayyorlangan tabriklar, ezgu tilaklar va madaniy-ma’rifiy ruhdagi chiqishlar namoyish etildi. Tadbir jarayonida kitob mutolaasining inson hayotidagi o‘rni, ma’naviy boylik va …

Urganch tumani hokimligiga tashrif buyurildi. Читать полностью »

«Bir adib haqida suhbat»

Urganch tumani axborot-kutubxona markazida adabiy davra suhbati tashkil etildi.Urganch tumani axborot-kutubxona markazida “Kitobxonlar klubi” a’zolari ishtirokida taniqli bolalar yozuvchisi Xudayberdi To‘xtaboyevning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Urganch shahar “Ko‘zi ojizlar kutubxonasi” mutaxassisi S. Ramatova mehmon sifatida ishtirok etib, yozuvchining adabiyotimizdagi o‘rni, bolalar adabiyotiga qo‘shgan bebaho hissasi hamda uning asarlarining tarbiyaviy ahamiyati …

«Bir adib haqida suhbat» Читать полностью »

«Kitobsevar millat»

Urganch tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan Urganch tumani hokimligi va Agra banki ishchi-xodimlariga kutubxona xizmati ko‘rsatildi. Tashrif davomida tashkilot xodimlari va doimiy foydalanuvchilarga muddatli topshirilgan kitoblar qaytarib olinib, ularning o‘rniga yangi va mazmunli adabiyotlar taqdim etildi. Bu esa kitob fondidan samarali foydalanish hamda ishchi-xodimlarning qiziqishlarini inobatga olgan holda xizmat ko‘rsatish imkonini bermoqda. Shuningdek, tashrif doirasida …

«Kitobsevar millat» Читать полностью »

“Bir asar tarixi”

Urganch davlat universiteti Kimyo texnologiyalari fakultetida Urganch tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Bir asar tarixi” loyihasi doirasida davra suhbati tashkil etildi. Mazkur tadbirda fakultet talabalari faol ishtirok etdilar.Davra suhbatining asosiy maqsadi, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, badiiy va ilmiy asarlarning yaratilish tarixi, muallif hayoti hamda asarning jamiyat ma’naviy hayotidagi o‘rni haqida kengroq tushuncha berishdan …

“Bir asar tarixi” Читать полностью »

Sevimli kitobim — mening tanlovim!

Urganch tumani axborot-kutubxona markazida yosh avlodning kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Urganch tumani 38-sonli maktabining 4–5-sinf o‘quvchilari va faol kitobxonlar ishtirokida «Sevimli kitobim — mening tanlovim» nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir interaktiv shaklda o‘tkazilib, o‘quvchilar o‘qigan kitoblari yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdilar, sevimli asarlaridan qisqacha …

Sevimli kitobim — mening tanlovim! Читать полностью »

Hamkorlikni mustahkamlash maqsadida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.

Urganch tumani axborot-kutubxona markazi tomonidan kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, aholining, xususan, turli soha xodimlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida qator amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Shu jumladan, Urganch tuman Ichki ishlar bo’limi xodimlari bilan hamkorlikni mustahkamlash maqsadida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur memorandumning asosiy maqsadi Ichki ishlar bo‘limi xodimlari o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, …

Hamkorlikni mustahkamlash maqsadida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi. Читать полностью »

«Jadidlar merosi — yoshlar uchun ibrat maktabi»

Urganch tumani axborot-kutubxona markazi «Kitobxonlar klubi» a’zolari va xodimlar ishtirokida «Jadidlar merosi — yoshlar uchun ibrat maktabi» mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Uchrashuvning asosiy maqsadi jadidchilik harakatining ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatini yoritish, jadidlar qoldirgan boy ilmiy meros orqali yoshlarni vatanparvarlik, tafakkur kengligi va zamonaviy fikrlash ruhida tarbiyalashdan iborat bo’ldi.Ushbu davra suhbatiga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Urganch …

«Jadidlar merosi — yoshlar uchun ibrat maktabi» Читать полностью »

«Huquqiy savodxonlik» oyligi

Urganch tumani axborot-kutubxona markazida xodimlar o‘rtasida huquqiy bilim va tushunchalarni oshirish maqsadida «Huquqiy savodxonlik» oyligi doirasida navbatdagi tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Urganch tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Azamat Matyaqubov ishtirok etib, kutubxona jamoasi bilan davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash, huquqiy madaniyatni oshirish, fuqarolarning o‘z huquq va majburiyatlarini bilishi, shuningdek, profilaktika …

«Huquqiy savodxonlik» oyligi Читать полностью »

«Buyuk salohiyat sohibi»

Urganch tumani axborot-kutubxona markazida Urganch davlat unversiteti Kimyo texnologiyalari tyutor va talabalari ishtirokida buyuk sarkarda, ilm fan va madaniyat raxnamosi Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan «Buyuk salohiyat sohibi» nomli davra suhbati tashkil etildi. Unda markaz xodimi Z.Matkarimova tomonidan Sohibqiron Amir Temur va Temuriylarning ilm-fan, me’morchilik, musiqa, tibbiyot, adabiyot va boshqa sohalarda amalga oshirilgan …

«Buyuk salohiyat sohibi» Читать полностью »