Urganch tumani axborot-kutubxona markazida O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar sovrini uchun «Eng yaxshi ma’naviy yetuk oila» shiori ostida 3-sektor xududida yashovchi oilalar o’rtasida bellashuv o’tkazildi.
Bellashuvni o’tkazishdan asosiy maqsad oilamizning ma’naviyati, salohiyati, ma’rifatini yuksaltirish, yosh avlodni kitob mutolaasiga ixtiyoriy ravishda undash, ma’naviy yetuk oilani yaratish, oilalarni munosib rag’batlantirish hamda sog’lom raqobatni yo’lga qo’yishdan iborat.
«Eng yaxshi ma’naviy yetuk oila» shiori ostida kitobxonlik bellashuvi o’tkazish uchun o’z istak va xoxishiga asosan oilalar «Eng yahshi kitobxon oila», «Yosh kitobxon», «Men sevgan asar qahramoni», «Bahru bayt» tez aytish, «Temur tuzuklari bilimdoni» bo’yicha bellashuv bo’lib o’tdi. |
Tanlovda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi rahbari R.Vafaeva, tuman hokimi maslahatchisi I.Rahimova, tuman Ichki ishlar hodimi, tuman prokuroturasi hodimi va mahalla raislari qatnashishdi.
Tadbirni Urganch tumani hokimi maslahatchisi I.Rahimova ochib berdilar.
Bellashuv juda qizg’in murosalarga boy bo’ldi. 38-sonli maktabning jajji qizaloqlari о’zlari tayyorlab kelgan raqslari bilan davraga fayz kiritdilar. |
Ishtirokchilarning umumiy ballari hakamlar xay’ati tomonidan e’lon qilindi. 1,2,3-o’rin olgan oilalar rasmiy taqdirlash marosimi o’tkazildi.
Tanlov yakunida g’olib bo’lgan oilaga fahriy yorliq va estalik sovg’alari topshirildi.