Muhammadrizo Erniyozbek o’g’li Ogahiy 1809 yilning 17-dekabrida Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog’ida ma’rifatli va badavlat mirob oilasida dunyoga keladi. Otadan erta etim qolib, amakisi, zamonaning etuk shoiri, xonning bosh mirobi Munis Avazbiy o’g’li Xorazmiy qo’lida tarbiya topadi. Ogahiy bu asarlarida o’zi shaxsan tanigan yoki har biri haqida ishonchli ma’lumotlar to’plagan necha yuzlab tarixiy shaxslar va voqea –hodisalar haqida so’z ochar ekan, ularning har biriga ta’riflar beradi, xulq atvori, fazilatlari, nuqsonlari zikrida mohirlik bilan Qur’on oyatlari va hadislardan iqtiboslar keltirib, ularning qiyofasini yaqqol gavdalantiradi. Ogahiy o’z she’rlarida kishi ruhiy boylikka ma’rifat orqali erishmog’i mumkinligi haqida uqtirib, nodonlik-johillikka qarshi jamiyatni ilm-ma’rifatga chaqiradi:
Urganch tumani Axborot-kutubxona markazida Muhammadrizo Erniyozbek o’g’li Ogahiy tavalludining 212 yilliga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda tumandagi 38-sonli maktabning o’quvchilari tomonidan tayyorlangan sahna ko’rinishlari, kuy, qo’shiq va raqslar namoyish etildi. Tadbirda o’quvchilar tomonidan Muhammadrizo Erniyozbek o’g’li Ogahiy hayoti va ijodiga doir ma’lumotlar berildi.
Tadbirda markaz hodimlari, tumandagi 38-sonli maktabning o’qituvchisi Allaqulova.M va o’quvchilarning ota onalari qatnashdi.