Urganch tumani Axborot-kutubxona markazida tumandagi 38-sonli maktabning 6-8-9- sinf o’quvchilari ishtirokida «BOBUR NAFIS SHAXS» mavzusida tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbirda Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur ijodidan g’azallar o’qildi, diltortar raqslar, sahna ko’rinishlari ijro etildi.
Tadbirda 38-sonli maktab MMIBDO Sh.Rustamova Xorazm viloyati Favqulotda Vaziyatlar Vazirligi boshqarmasi hodimlari, Milliy gvardiya hodimlari mehmon bo’ldilar.