,,Mehr kutubxonasi» loyihasi doirasida sayyor tadbir bo’lib o’tdi.

Urganch tumani axborot-kutubxona markazi, Urganch tumani Madaniyat bo’limi va tumandagi 38-sonli maktab bilan hamkorlikda tumandagi Muruvvat uyida ,,Mehr kutubxonasi» loyihasi doirasida sayyor tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda Madaniyat hodimlari ishtirokida kuy, qo’shiqlar kuylandi. 38-sonli maktabning o’quvchilari ishtirokida she’r, qo’shiq va raqslar namoyish etildi. Markaz hodimlari tomonidan yangi kitoblar taqdimoti o’tkazildi.