Kitoblari yo’q xonadon – xuddi ruhsiz tanaga o’xshaydi. Oilada tarbiyaning barcha mezonlari shakllantirilganidek, kitobxonlik madaniyati ham shu maskandan boshlansa yaxshi samara beradi. Oilada ota-ona kitobga mehr qo’ygan bo’lsa bunday oilada tarbiyalanayotgan farzand ham kitobga oshno bo’ladi, bunday bolalarning dunyoqarashi, fikrlash doirasi keng bo’ladi, hushmuomala, mehribon, boshqalarga iloji boricha yaxshilik qiladi. Albatta farzand tarbiyani qo’lida kitob ko’targan ota — onasidan o’rganadi. Urganch tumani axborot-kutubxona markazi hodimi «Oltin ko’l» MFY sida istiqomat qiluvchi F.Karimova, A.Marimova va X.Salayevalar xonadoniga tashrif buyurildi. Kitobxon onalarga farzandlari qishki ta’tilni maroqli o’tkazishlari uchun kitoblar tavsiya etildi.