9 — fevral O’zbek mumtoz adabiyotining asoschisi, quyoshi hamda adabiy tilimizni kamolotga yetkazgan buyuk mutafakkir, g’azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiyning tavalludiga 582 yil to’ldi. Shu munosabat bilan Urganch tumani axborot-kutubxona markazi hodimlari faol kitobxonlar klubi a’zolari bilan «Navoiyxonlik» kechasi boʻlib oʻtdi. Suxbat davomida Markaz hodimi L.Hakimova tomonidan o’quvchilarga Alisher Navoiy hayoti va ijodi, asar va dastonlari haqida ma’lumotlar berdi. Kitobxonlar yod olgan Navoiy gʻazallaridan misralar keltirishdi.