«Navoiy yodi ila yashaymiz»

Bugun Urganch tumani Axborot — kutubxona markazi Urganch tumani 3 — sekor xotin qizlar faollari bilan birglikda g’azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan «Navoiy yodi ila yashaymiz» nomli tadbir bo’lib o’tdi. Urganch tumani hokimining o’rinbosari oila va xotin qizlar bo’lim boshlig’i I.Raximova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Urganch tuman bo’linmasi rahbari R.Vapayeva va Urganch tumani Favqulodda vaziyatlar bo’limi hodimlari mehmon bo’ldilar. Tadbirda hodimlar, xotin qizlar faollari tomonidan g’azal va ruboiylar ijro etildi. Jajji qizlar tomonidan chiroyli raqs va sahna ko’rinishlari, havaskor sanatkor o’quvchilar tomonidan Navoiy g’azalllari kuyga solindi. Tadbir so’nggida Urganch tumani hokimligi tomonidan bir gurux hodimlar, o’quvchilar kitob va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.