Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi hodimlari Urganch tumani 16-sonli maktabi bilan hamkorlikda mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan «G’azal mulkining sultoni» nomli tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Urganch tuman bo’linmasi rahbari R.Vapayeva va mutaxassislari, Urganch tumani hokimi maslahatchisi Sh.Ramonova hamda Axborot-kutubxona markazi rahbari M.Yusupova va mutaxassislari mehmon bo’ldilar. Tadbirda o’quvchilar tomonidan g’azal va ruboiylar, Navoiy siymosidan sahna ko’rinishlari, chiroyli raqslar ijro etildi. Tadbirda markaz tomonidan maktab kutubxonachisi va o’quvchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.