✍️ “Topmadim ahli zamon ichra bir andoq hamdame…”
Urganch tumani Axborot-kutubxona markazida tumandagi 38-sonli maktabi 5-sinf o’quvchilari tomonidan g’azal mulkining sultoni Alisher Navoiy 582 yilligi munosabati bilan «Alisher Navoiy buyuk shaxs» nomli katta tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda 38-sonli maktabning MMIBDO’ Sh.Rustamova va maktab o’qituvchilari, markazimiz rahbari M.Yusupova va hodimlar mehmon bo’lishdi. Tadbir davomida o’quvchilar tomonidan bobomizning g’azal va ruboiylari, sahna ko’rinishlari va g’azallariga bitilgan chiroyli raqslar namoyish etildi. Markaz rahbari Mehribon opa tomonidan Alisher Navoiyning bizga qoldirgan boy ma’naviy merosi haqida o’quvchilarga ma’lumotlar berib o’tdi. Tadbir qatnashchilarda katta taassurot qoldirdi.