Buyuk davlat arbobi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan Urganch tumani 47-sonli IDUMda ona tili va adabiyot fani o’qituvchilari va Axborot-kutubxona markazi hodimlari boshchiligida «Boburni anglash» deb nomlangan tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbir davomida Bobur xalqimiz ko’nglidan chuqur joy olgan g’azallari asosidagi maqom ashulalari havaskor, iste’dodli o’quvchilar tomonidan jonli kuylandi hamda chiroyli raqs va sahna ko’rinishlari ijro etildi. Tadbir ko’tarinki kayfiyatda bo’lib o’tdi.
✍️Toleʼ yoʻqi jonimgʻa baloligʻ boʻldi,
Har ishniki ayladim, xatoligʻ boʻldi.
Oʻz yerin qoʻyib, Hind sori yuzlandim,
Yo Rab, netayin, ne yuz qaroligʻ boʻldi.