«Bobur avlodlar ardog’ida»

Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi hodimlari boshchiligida tumandagi 38-sonli maktab bilan hamkorlikda Zahriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan «Bobur avlodlar ardog’ida» nomli tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda Axborot-kutubxona markazi rahbari Mehribon Yusupova va, 38-sonli maktabning MMIBDO’ Shoira Rustamova, BSBDO’ Ikbol Jumaniyozova va o’quvchilar mehmon bo’lishdi.
Tadbir davomida Zahiriddin Muhammad Boburning ruboiy, g’azallari, chiroyli raqslar va vatan sog’inchida yashagan Bobur hayoti sahnalashtirildi. Markaz rahbari Mehribon Yusupova Zahiriddin Muhammad Bobur bizga qoldirgan boy ma’naviy merosi haqida o’quvchilarga ma’lumotlar berdi va faol qatnashgan o’quvchilarni taqdirladi.