Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Urganch tuman bo’linmasi va Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi hodimlari boshchiligida 18-sonli Musiqa maktabida tumandagi 1-16-38-40-47-maktablar ishtirokida Buyuk davlat arbobi shoh va shoir Zahriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan «Bobur avlodlar ardog’ida» nomli katta tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda Bobur she’riyati asosida yaratilgan kuy qo’shiqlar, sahna ko’rinishlari hamda g’azalidan o’qilgan namunalar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Tadbir davomida Urganch tumani hokimligi tomonidan tumandagi barcha maktab targ’ibotchilari, faol o’quvchilar, bir gurux markaz hodimlari tashakkurnoma va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.